Ko'ngil yesang
1992
She'r
Erka kiyik
Yurak og‘rir, sezdirmaydi til,
Jism mag‘rur, bo‘zlaydi ko‘ngil.
Bu keng dilga sig‘olmaydi qil —
Men kutgan kun, sen kelmagan kun.
Ko‘klam chog‘i, maysalar gilam,
Sevinchlarim bilmaydi o‘lcham.
Tatimaydi shunday shirin dam —
Men kutgan kun, sen kelmagan kun.
Tuyg‘ularim daryo — dengizday,
Singib ketar bosilgan izday.
Tashnaligim go‘yo so‘ngsizday —
Sen kutgan kun, sen kelmagan kun.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish