Hijron

1992 She'r Erka kiyik

Ketdi ko‘ngil birla kelgan sabolar, Yo‘qlamaydi dilni ohangrabolar. Boshim uzra charx uradi ro‘yolar — Buncha g‘arib muhabbatsiz bu dunyo. Netay, firoq utar mening jonimdan, Yosuman yor — hijron ketmas yonimdan. Judo etar sevgim — mehribonimdan, Buncha g‘arib muhabbatsiz bu dunyo. Ayriliqning ko‘chalari darbadar, Kunduzi tund, azoblari tog‘ qadar. Umri uzun, asrlarga barobar, Buncha g‘arib muhabbatsiz bu dunyo. Men qaydaman, sen qaydasan ovunchim, Qidirmoq yo‘q, imkonimiz yovga yem. Umr o‘tar, to‘xtamaydi bu oqim, Buncha g‘arib muhabbatsiz bu dunyo.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.