Bevafoga

1992 She'r Erka kiyik

Senga bag‘ir ochmasman hargiz, Yo ko‘z yoshim ravo ko‘rmasman. Ravo ko‘rmam hatto yomon so‘z, Dardlarimni senga bermasman. Kunduzimni ularman tongga, Toqatimdan toshlar yorilsin. Quvonchlarim aylansin mungga, Shirinimga zahar qorilsin — Men yasharman mag‘rur, muqarrar, Vujudimning tirikdir ori. Birovlarning qasiri emas, O‘z qalbimning o‘zim sardori. Bog‘dan-boqqa ko‘chguvchi bulbul Nolasiga tashna emasman. Mayli dilda so‘nib qolsin gul — Menikidir, senga bermasman. Senga bag‘ir ochmasman hargiz, Yo ko‘z yoshim ravo ko‘rmasman.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.