Onajon
1992
She'r
Erka kiyik
Ko‘z ochdim, ko‘z yumdim, o‘tdi lahzalar,
O‘tmishga ixtiyorini tutdi lahzalar.
Bugun meni so‘roq etdi lahzalar —
Onajonim, sizni qaydan topayin.
Hidingizning muattar bir atiri qoldi,
Lahzalarda qaytadilmas xotiri qoldi.
She’rlarimning bu yig‘loqi satiri qoldi —
Onajonim, sizni qaydan topayin.
Qarog‘imga qotib qoldi nigohlaringiz,
Yuragimga botib qoldi nigohlaringiz.
Mendan bir so‘z kutib qoldi nigohlaringiz
Onajonim, sizni qaydan topayin...
Audio yozuvlar
Onajon
Telegram
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish