Ota

1992 She'r Erka kiyik

Qo‘shiq qo‘shiq bo‘lib qalbni titratgan, Davo dardchillarga o‘zni yaratgan. Dunyo ezgulikni kaftida tutgan U kun ham qalbingdan g‘aribdir, ota. Ko‘zimga to‘tiyo etgan xatlarim, Ko‘nglimga bir dunyo eltgan baytlarim. Bir umr hayotdan topgan totlarim — Qarog‘ing taftidan g‘aribdir, ota. She’rga so‘z yarashar, quyoshga osmon, Qalbga qo‘r yarashar, dengizga ummon. Faxrga yarashgan insonsan, inon, Dunyo ham seningsiz g‘aribdir, Ota.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.