Yoshlik

1992 She'r Erka kiyik

Kunlar o‘tar, adog‘iga yetmaydi birov, To‘xtagin deb qo‘llaridan tutmaydi birov. Yuragimning navolarin o‘g‘irlar sabo, Kimniki deb unga savol qotmaydi birov. Kunlar o‘tar, kunlar bilan bahsim bor mening, O‘z bag‘riga solib ketdi savollarimni. O‘sha mayin sabolarda qasdim bor mening — Yiroqlarga olib ketdi navolarimni.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.