To‘y kechasi
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Yuzga upa surmasdan,
To‘lin bo‘ldi Zebojon.
O‘n sakkizga kirmasdan,
Kelin bo‘ldi Zebojon.
Men ne derdim, nima dey
– Olov edik, sho‘x edik.
Zebi bilan erinmay
O‘n yil birga o‘qidik.
Eski maktab, alvido,
Xonalari tor edi.
O‘rtamizda bir Xudo,
Bir siyohdon bor edi.
Men lapashang, albatta,
So‘ramadim ko‘nglini.
O‘n yil o‘qib, bir marta
Ushlolmadim qo‘lini...
O‘ltiribman endi jim,
Keksa onam oldida.
To‘yga men ham borardim,
Yomg‘ir yog‘ib qoldi-da!
Audio yozuvlar
To'y kechasi
Telegram
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish