Muhabbat sen chiroyli
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv?.. Qanday yuzsiz do‘stimsan, Ohlar to‘la ko‘ksimdan Oh urib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Suvingga qo‘shib yoshimni, Qiblaga qaratib boshimni Yotqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv?.. Men kimman? Bir yolg‘izman, Suv bo‘yida bir yalpizman. Oqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Onamdek meni boqqan suv...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish