Taqdir

1992 She'r Erka kiyik

Ayo taqdir, meni buncha jafolarga yo‘latgaysan, Birov qilgan gunohning bojini menga to‘latgaysan. Bag‘irni tog‘ etib tiklab, o‘zing ani qulatgaysan, Bahorimga ko‘zim tiksam, anga qorlar elatgaysan. Senga qulluq etay deyman, o‘zim chohga yiqilgayman, Bog‘imda nag‘malar istab, quzg‘unlarga cho‘qilgayman. Ko‘karmasdan hazin yaproq kabi beun yoqilgayman. Imkonimni olib butun, misqollatib so‘ratgaysan. Men ortingdan majnunnamo ergasharman mehrtalab, Sen jallodning yuragiga oxir bir kun mehr tilab. Yozlarimni qahratonga almashtirding necha yillab, G‘animatmiz, axir qachon dil qorini kuratgaysan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.