Karnay yig'lar

2019 She'r Qu

Xayol kezgan chamanlarni kezolmassan, Yayrab yurib bag‘ridan gul uzolmassan. Ozod bo‘lar vujudingdan humo yanglig‘, Qafas ichra tutib hech turg‘izolmassan. Na ortidan yurarga bir qaroring yo‘q, U bosgan yo‘l chaqir yo‘ldir, buzolmassan. Gohi daryoyu dengizdek oqar-ketar, Aning yanglig‘ to‘lqinlarda suzolmassan. Bog‘i eram bog‘larida oshyoni bor, U qo‘ngan taxt mehvarini tuzolmassan. Anga xohish itoatda, parilar yor, O‘zing qurgan qasrda o‘tqizolmassan. Aningdek bir bahodir yo‘q ertakda ham, Dushmanlarni mag‘lub etar istagan dam. U tilsimdir — bahaybatmi yo bir tutam, Na ko‘rmassan va yo ani sezolmassan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.