Shoirlar
2007
she'r
Saylanma
Shoirlar — kuygan ko‘ngillar nolasi,
G‘arib onalarning g‘arib bolasi.
Jami buyuklarning buyugi ular,
Jami bechoralar ham bechorasi...
Shoirlar — ohular o‘tlar dalasi,
Dardli ko‘ngillarning dardli qal’asi.
Ular goh bir og‘iz shirin so‘z kuli,
Goh dunyoni olar bir iborasi.
Ular kulbasidan do‘zax bir qadam,
Jannat ular ikki qoshin orasi...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish