Yetim sevgim

2007 She'r Saylanma

Yetim sevgim, kim silaydi boshingni,Kim tushungay ko‘zdan oqqan yoshingni.Qay cho‘llarda kezarsan sen sarg‘ayib, Mulzamlarsan topolmay sirdoshingni.Horib cho‘ksang, cho‘kkan joying cho‘g‘larmi,Yonboshlasang yoqarmu yonboshingni. Yupungina yurarkansan mung‘ayib, Ko‘rib tog‘lar nurarmu bardoshingni...Men-ku, seni ko‘rmaganga olaman,Tanimayman, ter deyman bor, toshingni,Chunki tushday unutganman qachonlar Uzingni va o‘sha qalamqoshingni...Yetim sevgim, kim silaydi boshingni?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.