Alla
1992
She'r
Erka kiyik
Uyqu bilmas oromi yo‘q go‘dakkinam,
Tunim bedor, oromingni berolmasman.
Alla aytsam qo‘shig‘imni tushunmaysan,
Enang aytgan allani men bilolmasman .
Murg‘akkinam, men yodlagan satrlar ko‘p,
Men kuylagan qo‘shiqlaridan o‘zim sarmast.
Ko‘z yoshlaring yuragimni qiymalar xo‘p,
Enang aytgan allani men bilolmasman.
Yosh joningga buncha firoq aylagaysan,
Vujudingga o‘lanlarni joylagaysan.
Men kuylagan allaga bir bo‘ylagaysan,
Enang aytgan allani men bilolmasman.
Nolalaring yetib, hijron o‘tib jondan,
Kelayotir enajoning Andijondan.
Dardlarini to‘kaverar har tomondan —
Enang aytgan allani men bilolmasman.
Yillarning suronli yo‘llari osha
Yoshligim bir vazmin tortib boradi.
Ammo qalb tan olmas, u o‘sha-o‘sha,
Qarshimda boladek dardin yoradi.
U dardin yoradi, eshitgim kelmas,
U meni tushunmas, men esa uni.
Yillar oramizga dovonlar solgan,
Sochimga oq solgan, bilmam qay kuni.
Qalb esa dovonni yengaman, deydi,
Sochingga rang bo‘lib singaman, deydi.
Mening yo‘rig‘imga yurmasang agar,
Ketaman, boshqaning tengiman, deydi.
Dovondan o‘tmoq yo‘q, uzatmoq bordir,
Yoshlikni kutmoq yo‘q, kuzatmoq bordir.
Bir tana ichida ayri bo‘lolmay
Faqat bir-birisin tuzatmoq bordir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish