Cho‘loq turna
2007
She'r
Saylanma
Nizom akaga
Bir oyoqda chopib kelding
Cho‘loq turna.
Uyim qaydan topib kelding,
Cho‘loq turna?
O‘zi qon bu dilni endi
Sen ham tirna,
Qay yovuzga nishon bo‘lding
Cho‘loq turna?..
Keldingmi, kir, ostonada
Cho‘chib turma.
Bor ekan-da, peshonada,
Cho‘loq turna.
Begonamas bu ko‘rgilik,
Boshga tushgan.
Mening ham qoq yuragimga
Tosh otishgan.
Biz tilmochsiz bir-birimiz
Tushungaymiz,
Sharob ichmay aka-uka
Tutingaymiz!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish