Agar

1992 She'r Erka kiyik

Ruhim iztirobga tiz chuksa agar, Umidlar armonga dil to‘ksa agar. Bag‘rimni chokidan g‘am so‘ksa agar, Senga topinaman ona-onajon. G‘am bilmas daryolar oqardir — oqar, Turar suvga kim ham boqardir — boqar. Mening g‘amim kimga yoqardir — yoqar, Senga topinaman ona-onajon. Ko‘z yoshim sel bo‘lsa — qurisa agar, Bag‘rimni qor qoplab, erisa agar. Dildagi harorat ilisa agar — Senga topinaman ona-onajon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.