Tilla baldoq
2007
She'r
Saylanma
Suyukli yor, qulog‘ingda
Tilla baldoq.
Men yasharman yuragingda,
Tilla baldoq.
Unutolmay o‘rtanasan,
Tilla baldoq,
Yurgan yo‘lu yo‘lagingda,
Tilla baldoq.
Yig‘laydi zor
Sen yig‘laysan
Tilla baldoq.
Qo‘lim izi bilagingda,
Tilla baldoq...
Yoring boshqa, yoring bo‘lak,
Tilla baldoq.
Men boshqang, men bo‘laging-da,
Tilla baldoq!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish