Beshinchi o'g'il

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Yetmish yulduz yig‘ilib Yarim oycha to‘lolmas, Yetti yanga yig‘ilib, Bitta ona bo‘lolmas, Ona tirik eshikka G‘iybat yaqin yo‘lolmas, Mening esa bag‘rim qon, Vayronaman, Onajon... Garchi biz yosh, g‘o‘r edik, Siz bor-biz ham zo‘r edik, Bir mayizni besh o‘g‘il Teng bo‘lishib yer edik, Goh talashsak, haq so‘zni Onam aytsin der edik, Tushmi endi u zamon, Hayronaman, Onajon... Tirik yursa volidang Toqqa kuching yetarkan, Onang o‘lsa boshingdan Oftob o‘tib ketarkan, Jindekkina alam ham Tog‘dek botib ketarkan, Ko‘ksim to‘la ming armon, To‘lg‘onaman, Onajon... Onasiz uy-oysiz tun Ekan endi o‘ylasam, Qalbni o‘rtar dardlarim, Qay birini so‘ylasam? Sizsiz ko‘cham befayz, Halovat yo‘q uyda ham, Farishtasi tark etgan Ostonaman, Onajon... O‘zing uchun o‘l yetim, O‘rda ham men, qirda ham. Ko‘ylagimda tugma yo‘q, Tugma bo‘lsa, kir-yoqam. To‘rt yangamga qo‘shilib Turtkilaydi to‘rt og‘am, O'z uyimda jonajon, Begonaman, Onajon... Ko‘ngil o‘zin tutingan Bir mehribon qo‘msaydi, Dunyoda bir odamga Siring aytib bo‘lsaydi, Onasizni do‘sti ham, Dushmani ham aldaydi, Ayting axir, men kimga Ishonaman, Onajon... Yo‘qligingiz qadamda Turar shunday bilinib, Non yopmaysiz tonglari Menga kulcha ilinib, Sarg‘ayarman sargVaygan Rasmingizga termulib, Ziyo istab zor qaqshar Parvonaman, Onajon... Uy to‘rida tol beshik - Akam yotgan, men yotgan, Sherdek-sherdek kelbatli Besh o‘g‘ilga asqatgan, Qaytib kirib bo‘lsaydi Bo‘lardim jon deb qaytgan!.. Men bu joyni hammadan Qizg‘onaman, Onajon. ...Yashayapman sharpadek Sezilmay goh, sezilib. Gohi ko‘kka intilib, Gohi yerga egilib, Sog‘inganda she’r yozib Yuraklarim ezilib - El ichra bir shoiri Devonaman, Onajon.
Audio yozuvlar

Beshinchi o'gil