O'lan

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

OʻLAN To‘ylarni hammadan ham Bo‘y qizlar xush ko‘rarmish. Bitta qiz erga tegsa, Qirqtasi tush ko‘rarmish. To‘yxonada kuy tinib, Tinganida olovlar. Qirq suluvni yig‘latib Ketar ekan kuyovlar... Singillarim, yig‘lamang, Yig‘lasangaz xafaman. Yurtni kezib, sizlarga O‘zim kuyov topaman. Oq tilaklar bor bo‘lsa, Omon bo‘lsa umidlar, Izingizga zor bo‘lar Muhammaddek yigitlar!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.