Bisotimni
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Bisotimni bog‘da bir halol
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko‘kdagi zilol
Kamalakka almashaman men.
Yog‘dularga cho‘milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo‘lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.
Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin, inim.
Shuhratimni totli bir tilim
Handalakka almashaman men.
Qo‘shiqlarim boʻlib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!..
Barcha yozgan she'rim bir kosa
Sumalakka almashaman men
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish