Qiruvchi somoliyot

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

QIRUVCHI SAMOLYOTLAR Ariqda bo‘tana suv, Bo‘yida qo‘ylar o‘tlar. Ko‘kdagi kalxatlar u – Qiruvchi samolyotlar. Olmalar to‘kilar duv, Olmalar – hissiyotlar. Betuyg‘u niyatlar u– Qiruvchi samolyotlar. Bosma, bu maysa – kulgu. Maysalar – quvnoq o‘tlar. Koʻzyosh – u kulfatlar u – Qiruvchi samolyotlar... Sarg‘aygan rasmi qoʻlda, Bir momo o‘g‘lin yodlar. Yangi qoraxatlar u – Qiruvchi samolyotlar. Otangdan meros shu uy, Onangdan qolgan tandir. Kutmoqda sendan najot, Muhammad Yusuf, gapir!.. Olimlarga ne bo‘lgan, Bitmoqda endi sabr. Fizika, sen topdingmi, Sen topdingmi, Al-Jabr?..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.