Orzu
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Tug'ilmasdan oldin men
Chiqib Arshi a'loga,
Oyni o'pib, qoldim men
Yulduzlardan baloga.
Tug'ilgandan to shu dam
, Qo'msab kecha-kunduzlar.
Oy qani deb yig'lasam,
G'iybat qilar yulduzlar...
Hiqqillama, der yurak,
Dunyo bilan ishim yo'q.
Bo'lsa menga Oy kerak.
Yulduzlarga hushim yo'q!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish