Qaylardasan o'zing

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Qaylardasan o‘zing, qanisan elim, Sen kimning bir parcha jonisan elim? Bobolaring kimdir, momolaring kim, Sen qachon o‘zingni taniysan, elim?.. Osmon to'la yulduz armonlaringmi, Sening bor bisoting dostonlaringmi? Alpomish atalmish botiring qani, Ulug‘beging qani, Boburing qani? Qani buyuk Ahmad Yassaviylaring, Rumiylardan qolgan masnaviylaring? Ular kechirgaymi gunohlaringni, Unutmagil ulug‘ Sinolaringni... Kulib kun chiqadur, yig‘lab kun botar, Navoiy Hirotda beega yotar. Yuzlarin yoritar tunda oy balqib, Mashrab Balx dorida turibdi qalqib. Kim edingu endi kim bo‘lding bu dam, Seni taniyolmay ajdoding mulzam, Sen na yig‘lagaysan, sen na kulgaysan, Farzandlaring qabri qayda bilmaysan. Qaylardasan o‘zing, qanisan elim, Sen qachon o‘zingni taniysan, elim?.. Cho‘g‘ ostida qolgan kuldayginasan, Oting boru o‘zing yo‘qdayginasan!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.