Rozidil
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Ikki jahongashta, Ikkita qo'shni,
Yotibsizmi berib zax yerga to‘shni?
Ertaga men borsam koyimasmisiz,
Ertaga men borsam orangiz bo‘shmi?
Hamon quritamiz zo‘rning sho‘rini,
Bo'linib oq pushta, ko‘k pushtalarga.
Ammo ko'ngil sezar: she'rning zo‘rini
Shavkat Rahmon o‘qir farishtalarga.
Bu yoqda uvolu u yoqda halol
- Chinorday yurakni bukar qilday g‘am.
Yaxshi odamlarni ko‘rib, ehtimol,
Sayrab yuborgandir Asqad Muxtor ham.
Mayli-da. Dardini aytsin-da odam,
Aytolmay yig‘laganlarni ko‘rganmiz.
Asli biz sizgamas, siz bizga motam
Tutsangiz arziydi - bizlar o‘lganmiz.
Yo‘qsa yetmasmidik So‘zning qadriga,
Poyiga ming sadqa etmasmidik jon.
Vatanning qadriga, do'stning qadriga,
Kunlarning qadriga eng dorilomon.
Ikki jahongashta,
Ikkita qo'shni, Yotibsizmi berib zax yerga to‘shni?
Ertaga men borsam koyimasmisiz,
Ertaga men borsam orangiz bo'shmi?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish