Shoir sevgisi

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Tanimayman deysiz, Bilmayman deysiz. Yorijon, nozmi bu, Shoʻxliklaringiz?... Meni tanir hatto, Kipriklarimgiz, Siz esa shoirni Sevmayman deysiz. Koʻrib- koʻrmaslikka Olmoqlar oson. Sizku koʻrsangiz ham Olmaysizu tan, Meni tanib, hatto Har kun koʻchamdan, Sochingiz qoʻl silkib Oʻtar yorijon. Bilaman taxminan Shunday oʻylaysiz: Shoirlar-devona, Tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi Oʻtkinchi deysiz, Shoirlar odamdek Sevolmaydilar. Yona-yona bir kun Koʻyingizda men, Ado boʻladirgʻon Qulga oʻxshayman. Eng goʻzal she'rimni Toʻyingizda men, Poyingizga gulxan Qilib toʻshayman. Qoʻrqmang. Yangrar qoʻshiq. Tugamas oʻyin. Koʻrganlar sizdan koʻz Uzolmaydilar. Shoirlar buzolmas Birovning toʻyin, Birovning uyini Buzolmaydilar.....
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.