Niyat
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Aylanar charxpalak kunlarim gali,
Umrim tog‘dan,tushgan soydek yeladi.
Ertakka aylanib qolmasdan hali
Bir qari doyani ko‘rgim keladi...
Ko‘rgim kelar toshni sahroda kuygan,
Va bukri tuyani yantoqqa to‘ygan,
Jayronning oldiga qalandar qo‘ygan —
Bir bog‘lam poyani ko‘rgim keladi...
Karvonlarni ko‘rgim keladi saf-saf,
Va karvonboshilar qilichin sadaf,
Majnunlar kapasi oldida bir kaft Jannatiy soyani ko‘rgim keladi...
Ko‘nglim yaxshilikni yo‘qlab tolmadi,
Jonni tutdim na do‘st, yot qolmadi,
Unga chang solmagan bir zot qolmadi,
Endi himoyani ko‘rgim keladi...
Orzuim bir uzunki yetmaydi nafas,
Bir g‘arib ko‘nglimda ming oliy havas,
Oynai jahonda gul qizlarnimas — Lutfixon ayani ko‘rgim keladi!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish