Hayron bo'laman

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Hayron bo‘lmam turna kishnasa, Qahratonda olma gullasa, Ammo sening sevib qolishing... Aldab nima qilasan? Osmonni suv bossa, hayratim yolg‘on, Quyoshni o‘t bossa, yulduzlar tullasa, Ammo sening sevib qolishing... Aldab nima qilasan?.. Toshlar tilga kirsa, ishongum, Tramvaylar yum-yum yig‘lasa, Ammo sening sevib qolishing... Aldab nima qilasan? Senga qarab ko‘zim pishmoqda, Seni o‘ylab ko‘ngil uvishmoqda. Kelin orzu qilib, bag‘rimni tilib To‘shak qavir qari onam qishloqda... Aldab nima qilasan?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.