Ketib qoldim

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Ketdim uydan, koʻnmay qiynov-qistovga, Dedim: - Ona, aytib qoʻying anovga. Momosini koʻrsataman agar u Men yoʻgʻimda tegib ketsa birovga... Nima qilsam sheʼr ishqida qildim men, Sheʼrimni deb yigʻladim men, kuldim men. Orzularim osmon qadar boʻlsa ham, Mendan shoir chiqmas ekan, bildim men. Bildim, ilhom izlab shomu sahardan, Sheʼr azobi yomon ekan zahardan. Yuragingda boʻlmasa har shoirlik, Naf yoʻq ekan har qanaqa shahardan. Ammo uyga qaytay desam, biz qolib, Gulday qizin quchogʻiga muz solib, Tishlarini qayrab bugun qishloqda, Qoʻshnim turar qoʻltigʻiga tuz solib... Momosini koʻrsataman kelsa deb.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.