Kechikish

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Ko'krak to'la orzuyu tashvish Paykalda ham hosilimiz mo'l. Yashayapmiz bizlar yozu qish Yumushlardan bo'shamaydi qo'l. Noshukurman nolisam biroq Hech kimsadan kamim yo'q axir, Faqat seni sog'inib goh-goh Yig'lab meni qon qildi kampir. Tushunmayin qoldim qandaydir Toshmehrroq chiqding o'zing ham. Bizni eslab har zamonda bir Hat yozob ham qo'ymaysan, bo'tam... Shaxar yoqdan kim kelsa, bari To'tidek bir so'zni qaytarar: Ko'roshmadik o'g'lingiz balki Kelib qolar, deydi zang'arlar. Yaxshi bo'ldi kelganing ammo Zap vaqtida kelding bu safar, Mahallada yalla avjida, Ayni to'ylar boshlangan mahal. Mana kecha, oti nimaydi Saltanatning kenja qizini. Esim qursin, yodda turmaydi, Bor ediyu sochi uzuni -- Biz kuyovga uzatdik shuni... To'yi to'kin o'tdiyu, lekin Kuyoviga qizgina tushkur Ko'ngilsizrow ekanmi, qaydam, Ko'p yig'ladi, deb keldi kampir. Kim biladi, balki shundaydir, Yanglishgandur balki kampirim, Bari kelon yig'laydi, axir, Yeg'lamasdan erga tekkan kim? Bu gaplarni qo'ya turay, kel, Bo'talpg'im, o'zingdan gapir. Zilzilalar unut bo'lib, el, Shaxar endi tinchib qolgandir? ...Mexr to'la nigohi bilan, Bobom mendan jimkutar javob. Bilsa ekan, tushunsa ekan, Nevarasi ne ko'yda shu tob! Bilmaydi, eh bobom bilmaydi, Men, men, axir sevardim uni! Saltanatning oti nimaydi O'sha sochi uzun qizini...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.