Dalada
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Qovushmagan ikkita taqdir (Balki u ham o‘zicha haqdir),
Orasiga ikki egatni Atay tashlab o‘tdi brigadir...
Hamma qizning ko‘zi ularda, Hammasi bir bo‘lib o‘ylardi
- Orasiga ikki egatni Atay tashlab ketdi brigadir.
Ikki egat oralarida, Ko‘kka o‘rlab ketguncha xirmon.
Ikki egat oralarida Besh millionga yetguncha xirmon.
Zorlanadi yalinchoq nigoh - Kel yonimga, birga teramiz.
Unamaydi tortinchoq nigoh: - Odamlarga kulgi bo‘lamiz.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish