Yoshlik
2020
she'r
Alyorim qolur
YOSHLIK
Bahorlari o‘tdi tush kabi,
Xazonlari qoldi yoshlikning.
O‘zi uchib ketdi qush kabi,
Armonlari qoldi yoshlikning.
Neki o‘tsa armon ekan-da,
Yoshlik ham bir mehmon ekan-da.
Qayerlarga ketdi ulg‘ayib,
Ostonalar qoldi mung‘ayib.
Endi oydin oqshomlar o‘tsam,
Ko‘chalar ham ko‘nglimdek g‘arib.
Ko‘ngilda ne, pinhon ekan-da,
Yoshlik ham bir mehmon ekan-da.
Kunlarim kuy, yillarim go‘azal,
Dilim yonar, tillarim asal.
Sizga qanday, bilmadim-u men,
Yoshligimning har oni go‘zal.
Bir fasllik bo‘ston ekan-da,
Yoshlik ham bir mehmon ekan-da.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish