Shirin qo'shig'i

2020 she'r Alyorim qolur

SHIRIN QO‘SHIG‘I Jonim deya jonim olgan sayyodim, Tinglamadi na dod-u, na faryodim. Ko‘ngil bersam, ko‘nglimni qon yig‘latdi, Unga kerak ekan umri barbodim. Qalbim to‘la mehr edi, cho‘g‘ edi, Orzuyim ko‘p, nigohlarim sho‘x edi. Undan bo‘lak mening kimsam yo‘q edi, Sag‘ir qushga achinmadi sayyodim. Qiz bolani yig‘latishdan osonroq Yana ne bor bu olamda, ey hamroh. Sevgi bo‘ldi jonimda bir qizil dog‘, Endi qanday kechar mening hayotim. Odil dunyo, odilliging bilmadim, Yor yonida bir kun kokil o‘rmadim. Shirin edim, shirin umr ko‘rmadim, Bevafo yor ekan mening Farhodim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.