Dilorom
2020
she'r
Alyorim qolur
DILOROM
Bir qayrilib, bir boqib, ayladingiz bizni rom,
Endi bizda yo‘q orom, endi bizda yo‘q orom.
Yelka to‘la sumbulmi, sumbul-sumbul sochmi yo,
Kiprik o‘pgan qoshmi u, bir juft qaldirg‘ochmi yo.
Aylaylikmi jon nisor, beraylikmi boshmi yo,
Dilorom, Dilorom, siz malika, biz g‘ulom.
Yurak to‘la dardingiz yarmi bo‘lsin bizniki,
Ko‘ngil berdik, biz endi to odguncha sizniki.
Davlatim yo‘q qo‘limda mungli torimdan bo‘lak,
Qo‘shiqlarim, kuylarim, ko‘ngil zorimdan bo‘lak.
Suymasa ham, suysa ham sizdek yorimdan bo‘lak,
Dilorom, Dilorom, siz malika, biz g‘ulom.
Bir qayrilib, bir boqib, ayladingiz bizni rom,
Endi bizda yo‘q orom, endi bizda yo‘q orom.
Qo‘l tegmagan qizg'aldoq, lab tegmagan bodasiz,
Suvdan tiniq, guldan sof, oftobdan ozodasiz.
Siz muhabbat qasrida tanho shahrizodasiz,
Dilorom, Dilorom, siz malika, biz g‘ulom.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish