Alloh go'zal

2020 she'r Alyorim qolur

ALLOH GO‘ZAL Orazi gul, husni hilol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal! Arsh arkida sulton o‘zi, Beayb-u benuqson o‘zi. Poyiga cho‘k, ul Zuljalol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal! Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal! Nahri zilol, bag‘ri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal! Tuproqqa jon etmish ato — Momo Havo, Odam Ato. Loydan odam yasar kulol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal! Shoir tilak-ta’bim o‘shal, Ruhim o‘shal, Rabbim o‘shal, Allohu akbar, ey Bilol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.