Do'stman deganlar

2020 she'r Alyorim qolur

DO‘STMAN, DEGANLAR Kecha meni maqtab yurganlar, Bir umrga do‘stman, deganlar, Yoshlik qilib qoqingan chog‘im, Panalarda g‘iybat qilganlar — Bilib qo‘ying, yengilganim yo‘q, Ertamdan ham ko‘ngillarim to‘q. G‘anim emas, do‘st aldagan chog‘ Alam qilar odamga ko‘proq. Dilbandlarim tursa mo‘ltirab, Ko‘kdan bir kuch yog‘iladi goh — Men haq deyman, yengilganim yo‘q, Ertamdan ham ko‘ngillarim to‘q. Ezilmagin bunchalar, dilim, O‘tar qaro kechalar, dilim. Xudoyimning rahmati kengdir, Oldindadir eng yorug‘ kunim. Bilib qo‘ying, yengilganim yo‘q, Ertamdan ham ko'ngillarim to‘q!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.