Bahor kelguncha

2020 she'r Alyorim qolur

BAHOR KELGUNCHA Har bahor chokidan so‘kilar yillar, Tiriklik yo‘lida to‘kilar dillar. Umr karvoniga qo‘shilar yo‘llar, Kim bor, kim yo‘q yana bahor kelguncha. Hayot qaramaydi ko‘ngil mayliga, Boqmagil, jonginam, ko‘ngil mayliga. Chiqaylik, g‘animat, gullar sayliga, Kim bor, kim yo‘q yana bahor kelguncha. Dunyoni unutgan insonlar o‘tar, Ko‘zlarni kuydirgan jononlar o‘tar. Bugun orzu, erta armonlar o‘tar, Bu bor, kim yo‘q yana bahor kelguncha.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.