Do'lana

2020 she'r Alyorim qolur

DO‘LANA Ohularning izidan Qarab qolding jimgina, Tashna qilgan, zor qilgan, Aytgin seni, kimgina. Do‘lana, do‘lana, Tog‘da o‘sgan do‘lana, Do‘lana, do‘lana, Yo‘lim to‘sgan do‘lana, Do‘lana, do‘lana, Marjon-marjon do‘lana, O‘z yerini topolmay, Lol-u hayron do‘lana. Sen ichgan suv oq yomg‘ir, Kutganing oy malakdir. Sen kechgan bu shalola, Yongan samo falakdir. Do‘lana, do‘lana, Tog‘da o‘sgan do‘lana, Do‘lana, do‘lana, Yo‘lim to‘sgan do‘lana, Do‘lana, do‘lana, Marjon-marjon do‘lana, O‘z yerini topolmay, Lol-u hayron do‘lana. Topmadingmu, topdingmu, Yetmadingmu, yetdingmu? Qizil yuzing sarg‘ayib, Toqqa chiqib ketdingmu? Do‘lana, do‘lana, Tog‘da o‘sgan do‘lana, Do‘lana, do‘lana, Yo‘lim to‘sgan do‘lana, Do‘lana, do‘lana, Marjon-marjon do‘lana, O‘z yerini topolmay, Lol-u hayron do‘lana.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.