Rustam qori marsiyasi
1992
She'r
Erka kiyik
Qismati shu ekan-da,
Kim ediyu kim endi.
Rustam torin chertganda
Bulbullar ham jim edi.
Biri mo‘min, biri quv,
Ikki olam to‘qnashdi,
Ko‘rmay ochdi kuchoq u,
Ajal bilan uchrashdi.
Odil yurak xotirjam,
Ojiz ko‘zlar to‘kdi cho‘g‘.
Rustam o‘layotib ham
Osmonni bir ko‘rgan yo‘q.
Qo‘shiqlari ko‘nglida,
Zori qoldi mung‘ayib.
Shogirdlari qo‘lida
Tori qoldi mung‘ayib.
Jujuqlari qo‘lida,
Yori qoldi mung‘ayib...
Qismati shu ekan-da,
Muhammad Yusuf. Xalq bo‘l, elim
Kim edi-yu kim endi.
Rustam torin chertganda
Bulbullar ham jim edi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish