Tushimga kiradi

2020 she'r Alyorim qolur

Tushimga kiradi Qodiriy bobom, Bemador, bemajol, behol, beorom. Egniga eski bir to‘n kiyib olgan, (Shineldir balki u, kimdandir qolgan). O‘sha to‘n egnida poxol ham borday, Bobomning yuzlari oqargan qorday. Yo‘q, yuzi somonga o‘xshaydi uning, Charaqlab turguvchi ko‘zi to‘la mung... Tushimga kiradi Qodiriy bobom: Tur deydi, muncha ko‘p uxlading, bolam. Boq, bu dam aylanib jo‘xorizoring, O‘rog‘in qayraydi onayizoring. U o‘rib bo‘lguncha rizq-u zaringni, O‘ynatib tur chiqib ukalaringni. Va mening salomim ayt, der ularga — Bobosin sog‘ingan musichalarga... Tushimga kiradi Abdullo bobom, Oh oltin bobom-a, voh tillo bobom. Qaro yer qa’rida qon yig‘lab qolgan Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.