Tilak Jo‘ra

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

U ho‘p deydi, demas: " Menga ham kerak", Ishonmasang, borib o'zidan so‘ra. Joningni prokatga ber desang, Tilak Ikki qo‘llab tutar: Marhamat, jo‘ra. Men uni tug‘ilmay turib bilardim, Murg‘ak chog‘ jannatda yuzin ko‘rganman. Tegirmonchilikni orzu qilardim, Unga havas qilib shoir bo'lganman.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.