Topvoldi
2007
She'r
Saylanma
Qiz deganning ko‘ksi to‘la o‘y bo‘ladi,
Yigit bir kun yetilib bo‘y bo‘ladi.
Bir tandir non o‘rtada, bir kosa suv,
O‘nta o‘zbek yig‘ilsa-to‘y bo‘ladi...
Ro‘yoblarga chiqadi shirin tushlar,
Kelinchakning yengidan kuyov ushlar...
Beshiklarni bo‘shatib bir-biriga,
Tug‘iladi To‘maris, Alpomishlar.
Suyungandan onalar ko‘zida yosh,
Otalar yuzida porlar quyosh.
Nabiralar to‘ladi hovlilarga,
Bari bir xil-qorasoch-u qoraqosh.
Bola gapin yoqtirmas qaytganini,
Bizda bola qildirar aytganini.
Mayli, sodiq o‘ssa bas, yurtiga u
Boshlariga ko‘tarib Vatanini...
Dabdabasiz davrada nur bo‘ladi,
Kuyov-to‘ra, kelinchak-hur bo‘ladi.
Qayda yalla yangrasa kelavering,
O‘zbegimning to‘ylari zo‘r bo‘ladi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish