Surat
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Mening kimligimni, Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman, Men – alohida.
Ko‘zimning yoshini Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim, Kelar gohida.
Oy mening yelkamga O‘tirib olgan,
Oftob g‘avg‘o solar Yurgan yo‘limga.
Xayol tushovidan Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib Qo‘ydim ko‘nglimga.
Endi toshni tepsam, O‘par izimni,
Yerga ag‘anasam – Yer ham devona.
Barmog‘in o‘pgandim Suygan qizimni,
Qo‘li yonib ketdi Gurillab, mana.
Yondi, Yonaverdi Kokillari, so‘ng,
Charsillab yuragi Yondi bearmon.
Yarmi yonim bo‘lgan
Ko‘ylagi bir yeng Ishqning bayrog‘iga
Aylandi alvon!.. Va o‘pdim bayroqni
Men o‘sha alvon, Olov tan, Olov jon, Olov his-havas.
Qizil cho‘g’ to‘shalgan Chimildiq tomon
Otdim men o‘zimni Misli o‘tparast.
Uyg‘onsam – ko‘rpam kul, Yig‘lar sevgilim.
Men seni yig‘la deb Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday Ezildi ko‘nglim,
Yovvoyi o‘rdakka Berdim sevgimni!..
O‘rdak uchdi-ketdi, Mung‘ayib qoldim.
Hayratim obketdi Qanotida u.
Kim meni aldasa –Xudoga soldim,
Mayli, aldanmasin, Hayotida u.
Qoldim kulko‘rpamda To‘shagim – tuproq,
Yumalab yotaman Ilonlar bilan.
Ularga ishondim Bir yordan ko‘proq.
Ilon chaqar, Ammo Gapirmas yolg‘on!..
Mening kimligimni Bilmaydi hech kim.
Men bir g‘alatiman, Men – alohida.
Kiyiklar qonini Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim Kelar gohida.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish