Shukr deysan sen qachon?
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Ta'magirni tortqilab,
Nafsi qo‘ymas deydilar.
Nokas o‘zi to‘ysa ham,
Ko‘zi to‘ymas deydilar.
Boq bir yorug‘ olamga
Kimlar zo‘rg‘a kun ko‘rar.
Odamlar bor, bog‘dagi
Bulbuldan ham pul so‘rar.
Yolg‘on dunyo-bu dunyo,
Arzon dunyo - bu dunyo.
Ne-ne hokim, beklardan
Qolgan dunyo- bu dunyo.
Kiprikdan ham qisqadir
Molu dunyo yo'llari. Ibrat bo‘lsin,
Iskandar Ochiq ketgan qo'llari!..
Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo‘ymading, odamzod.
Tuya to‘ydi, fil to‘ydi,
Sen to‘ymading odamzod.
Shukr qilar hattoki Qumursqa - parrandalar.
Shukr deysan sen qachon,
Xom sut emgan bandalar?..
Bu uch kunlik dunyoda
Savlatingga kerilma.
Qasr qurma, bog‘ qoldir,
Davlatingga kerilma.
O‘z elingni qaqshatsang,
Xor bo‘lasan o‘zing ham.
Bir kun shu el mehriga
Zor bo‘lasan o‘zing ham!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish