To‘y
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Bunda bir qiz bor edi,
Bag‘oyat dildor edi.
Men ismini bilmasdim,
Men ismini bilmasdim...
Uning to‘yi bo‘lyapti.
O‘zi menga yoqmasdi,
Bir qayrilib boqmasdi.
Men ham parvo qilmadim,
Sira parvo qilmasdim...
Uning to‘yi bo‘lyapti.
Ketdik jo‘ra.
Nima bor Birovlarning to‘yida?
Bugun sayl bo‘ladi,
Shirmonbuloq bo‘yida.
Shunday kunda noz qilib,
Qaramasa bizlarga.
Atirgulga murch sepib
Ulashamiz qizlarga...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish