Nima devdim

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Sevgim mening, Kechikib kelgan sevgim, Mana endi bir umr o‘rtanamiz. Sahargacha uxlamay o'ylanamiz, Qiynalamiz... Men senga nima devdim? Do‘st-u g‘anim bir ermak topolmaydi, Bir kun bizni gapirmay yasholmaydi. Kechikib kelgan sevgim, Men senga nima devdim, Olti qit'a endi bizni poylaydi... Sevgimsan-u, yoningga borolmayman, Ko‘zlaringga sog‘inib qarolmayman. Kechikib kelgan sevgim, Kechikib kelgan sevgim, Hech kimga bu ko‘nglimni yorolmayman. Seni unsiz erkalaydi nigohim, Soching silab charchamaydi nigohim, Kechikib kelgan sevgim, Kechikib kelgan sevgim, Bu dunyoda mening bor-yo‘q gunohim!.. Yurak yig‘lar, aytishga iymanamiz, Biz endi bir umr qiynalamiz, Kechalari uxlamay oʻylanamiz. Kechikib kelgan sevgim, Bu dunyoda mening bor-yo‘q gunohim!.. Yurak yig‘lar, aytishga iymanamiz, Biz endi bir umr qiynalamiz, Kechalari uxlamay o‘ylanamiz. Kechikib kelgan sevgim, Men senga nima devdim?...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.