Yog'och beshik

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Yelkadan sirg‘alib kunduzgi tashvish, Yelkadan sirg‘alib ko‘rpalari-da, Supachada uxlar erkak va ayol Yog‘och beshik o‘rtalarida. Xo‘rozlar bayotin avji - tongotar, Suyumli nigohi erkalarida, Nonushta qiladi erkak va ayol, Yog‘och beshik o‘rtalarida. Qaydadir traktor guvillar. Endi Topgan-tutganlari o‘rtalarida. Dalaga jo‘naydi erkak va ayol, Yog‘och beshik o‘rtalarida...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.