O‘lan
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
To‘ylarni hammadan ham
Bo‘y qizlar xush ko‘rarmish.
Bitta qiz erga tegsa,
Qirqtasi tush ko‘rarmish.
To‘yxonada kuy tinib,
Tinganida olovlar.
Qirq suluvni yig‘latib
Ketar ekan kuyovlar...
Singillarim, yig‘lamang,
Yig‘lasangaz xafaman.
Yurtni kezib, sizlarga
O‘zim kuyov topaman.
Oq tilaklar bor bo‘lsa,
Omon bo‘lsa umidlar,
Izingizga zor bo‘lar
Muhammaddek yigitlar!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish