Oymoma

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Oqshomlari qovunday Yamalaydi oy yerda. Menga ayting, quyoshning Ostonasi qayerda? Tiling bormi, bo‘lsa bir Hayqirib ber, Oymoma. Shu ko‘chada bir qiz bor, Chaqirib ber, Oymoma!.. O‘rmalab bor, men uchun Eshigiga boshing ur. Yuzlariga yuzing bos, Qoshlariga qoshing sur. Uzrim aytgin yurakdan, Uni tavof etarman. Kelaman deb har kecha, Kelolmasam netarman. Qay kun yo‘qlab borgandim, Ko‘rmayin hol so‘rgandim. Men sevishni tundagi Sukunatdan o‘rgandim... Men uchun ham o‘zing bir Hayqirib ber, Oymoma. Sendan oydın bir qiz bor, Chaqırıb ber, Oymоmа.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.