Tilak
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin, yuzlariga dog‘ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo‘llariga aso - bir tayoq tushsin.
Har kimning ham yuzga kirib yorug‘ yuz,
To‘ylar ko‘rib, yelkasidan tog‘ tushsin.
Jismiga so‘nggi safar oldidan,
O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin...
Audio yozuvlar
Tilak
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish