Madina
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Madina, Madina, nega yig‘laysan,
Mening asal qizim, qachon uxlaysan?
Isitmang tushmadi, topolmadim dori,
Tinmadi chaqaloq joningning zori.
Yarashmas yashamoq nokasga yolvorib,
Chida yorug‘ tongni kutamiz, qizim,
Biz hali hammadan o‘tamiz, qizim!
Sen yig‘loq tug‘ilding, men yozolmadim,
Yozgan she'rimni ham o‘tkazolmadim.
Ammo ishon axir, bulbul yuragim,
Men uni bekorga o‘tga solmadim!
Bu yorug‘ dunyoda mening qolar izim,
Biz hali hammadan o‘tamiz, qizim!
Ikkala qo‘limda sening beshiging
Ko‘nglimda ko‘zingdek shaffof qo‘shig‘ing.
Tunlarimga navo qaytar kunim bor,
Senga ardoq so‘zim aytar kunim bor,
Qalbimni shudgordek haydar kunim bor.
Yig‘lab yozdirmasang aylanay o‘zim,
Biz hali hammadan òtamiz, qizim.
Shoir shunday k‘pki, ularga yer tor,
Hammasi mashhur va hammasi nomdor.
Ulug‘vor ularga yetmoq ko‘p dushvor.
Ammo ular oyga bosib yuzini,
Turganda osmonin bag‘riga ilk bor
Biz olib borgaymiz tuproq isini,
Gulday dimog‘iga tutamiz, qizim,
Biz hali hammadan o‘tamiz, qizim!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish