Topilmaydi
2020
she'r
Alyorim qolur
TOPILMAYDI
Topilmaydi, topilmaydi, topilmaydi,
Bu davrada menga hamdam topilmaydi.
Yomg‘irdek yog‘adi ko‘zdan mehr yoshi,
Qon yurakka dard-u malham topilmaydi.
Qo‘y, ey bulbul, bu ko‘nglim qolgan sendan ham,
Suyib yor, kuyganlaring yolg‘on mendan ham.
Topilgay sendagi bor armon mendan ham,
Mendagi ishq, mendagi g‘am topilmaydi.
Kelar qaytib bir kuni ketgan odamlar,
Xoli bo‘lgay bu boshdin ham malomatlar.
Topilgay do‘st, topilgay yor, parizodlar,
Qani otam, qani onam, topilmaydi.
Xusumat, sen nechun buncha boqasan,
Nechun otash jismimni yana yoqasan.
Qo‘lingga tosh olib yo‘limga boqasan,
Ketarman bir kuni, sadom topilmaydi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish